Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025-yildagi faoliyati yuzasidan infografikasi
янв.21
Маҳаллий Кенгаш депутатларининг фаоллиги ошмоқда
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Diqqat e'lon!
янв.21
Namunali ko‘cha boshilari mehnati e’tirof etildi
янв.21
Amudaryo tumanida muhim siyosiy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha sayyor yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 4