2026-yil 3-fevral kuni хalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 viloyat prokurorining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan axborot;
🔹 ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika holati;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2025-yilda murojaatlar bilan ishlash holati;
🔹 oila va xotin-qizlar hamda mahallalar tizimi mas’ullarining hisobotlari.
Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha mas’ullar axborot va hisobotlar berdi, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
➡️ Komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.