Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat Z. Mullajonov og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlamoqda

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Mullajonov mahalla hududidagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga tashrif buyurib, ularning muammolarini o‘rganmoqda.
Tashrif davomida deputat oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi va ehtiyojlarini joyida tahlil qildi. Shu asosida ularning muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur tashrif aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tezkor yordam ko‘rsatish hamda mahallada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3